Yuriy Lukin "Qizilqum"ning navbatdagi bosh murabbiyi...mi?

Narzulla Saydullayev
25 iyul 2013
Oldin xabar berib o'tganimizdek, Zarafshonning "Qizilqum" jamoasida ayni kunlarda katta o'zgarishlar amlga oshirilmoqda.
Xususan bungacha birinch liga ishtirokchisi "Zarafshon-PFK" jamoasining yig'inida ishtirok etayotgan o'ndan ortiq futbolchilar kuni-kecha Qizilqum mashg'ulotlariga kelib qo'shildi. Aftidan jamoa endi ushbu futbolchilar bilan ikkinchi davrada ishtirok etadi.

Shuningdek yana bir sezilarli o'zgarish deb, jamoada bosh murabbiy o'zgarganini aytish mumkin. Yani bungacha boshqaruv postida ishlab kelgan Rustam Zabirov kecha jamoada kyetishi to'g'risida rahbariyatga ariza yozgan.

Shu bois futbolchilarni "Zarafshon-PFK"ni boshqarib kelgan Yuriy Lukin shug'ullantirmoqda. Katta extimol bilan "Qizilqum"ni bundan keyin ushbu mahalliy mutaxassis boshqarishi kutilmoqda.

Agar voqealar rivoji shu zaylda davom etsa "Qizilqum" bungacha joriy mavsumda ikkinchi bor bosh murabbiyini iste'foga chiqargan klub bo'ladi. Chunki Zabirov kelishidan oldin jamoani Ravshan Haydarov ham boshqargandi.

Voqealar rivojini kuzatamiz.


Islombek Rustambekov

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia