Yurgen Klopp: "Pep – dunyodagi eng zo'r murabbiy"

Administrator
8 mar 2024
Yurgen Klopp o'z hamkasbi haqida iliq fikrlar bildirdi.

"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Man Siti" ustozi Pep Gvardiola haqida gapirdi.

"Pep – dunyodagi eng zo'r murabbiy. Men ko'rgan murabbiylar ichida u eng ajoyibi.

Gvardiolaning futbolga ko'rsatgan ta’siri, shunchaki dahshat. U juda ko'p sovrinlar yutganiga qaramay, o'zini hech qachon titul yutmagandek tutadi. Uning g'alabaga bo'lgan ishtiyoqi shunchaki taqsinga sazovor. Men Pepda mukammallikni ko'raman", -deydi Yurgen Klopp.


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano