Yurgen Klopp navbatdagi g'alabadan so'ng nimalar dedi?

Aziz Tukhtamuradov
17 dek 2021, 08:21
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Nyukasl"ga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Biz tayyorgarlik vaqtida "Nyukasl" bilan emas, ko'proq "Bornmut" bilan o'yin haqida o'ylagandik. Bu safar ham taxminan mana shunday o'yin bo'lishini kutgandik.

Hisob 0:1 bo'lganidan so'ng kayfiyat biroz o'zgardi. Bazi vaziyatlarda biz juda shoshildik, ammo yaxshi gollar urdik. Men mamnunman, chunki hozir yilning qiyin payti.

Bunday o'yinlarda asosiysi optimizmni saqlab qolish va hujum qilish. Vaziyatlardan foydalanish. 

Salaxning statistikasi qoyil qoldirmoqda. Uning golli paslari ham xuddi gollari kabi muhim. Bugun men uni erta almashtirib to'g'ri qildim. Uch kundan keyin navbatdagi o'yin kutib turibdi", - dedi Klopp. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC