Yurgen Klopp "Everton"ga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirdi

Aziz Tukhtamuradov
21 okt 2023, 08:50
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Everton"ga qarshi uchrashuv oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Mersisayd derbisi - doimo muhim voqelik hisoblanadi. Bunga shubha bo'lishi mumkin emas. Bosim juda yuqori, ammo avval bu qarama-qarshilikda ishtirok etmagan futbolchilarimizga bunday holat begona emas. Masalan Mak Allister JCHda Argentina safida o'ynagan, Soboslai esa yaqinda Vengriya tarkibida Serbiyaga qarshi juda muhim o'yinda ishtirok etdi. O'ylaymanki, derbiga barcha tayyor", - dedi Klopp. 

Ushbu o'yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da boshlanadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Liverpool Echo