Yurgen Klopp: Ayni paytda chempionlar ligasi haqida o'ylashga vaqtim yo'q

15 dek 2014, 23:18
Borussiya D bosh murabbiyi Yurgen Klopp Yevropa chempionlar ligasi nimchorak finalga tashlangan qur'adan so'ng o'z fikrlarini aytib o'tdi.
Bizga juda yaxshi raqib tushdi. Bu kabi jamoa bilan o'ynash jamoamiz uchun jiddiy chaqiruv. "Yuventus" Italiyaning eng kuchli jamoasi sanaladi. Turinliklarning bu kabi musobaqalarda boy tajribalari bor.
Lekin ayni paytda meni chempionlar ligasi haqida o'ylashga vaqtim yo'q. Fevralgacha hali vaqt ko'p.

Eslatib o'tamiz, chempionlar ligasi nimchorak finalida "Borussiya D" klubi "Yuventus" bilan bahs olib boradi.

Manba: sports.ru