Yulian Nagelsmann Srechko Katanetsni ortda qoldirdi

Sherzod Nurmatov
15 iyun 2024
Yulian Nagelsmann noyob ko'rsatkichga erishdi.

Gap shundaki, Germaniya terma jamoasi ustozi Yulian Nagelsmann 36 yosh-u 327 kunligida "nemis mashinasi"ni maydonga boshlab tushib, Yevropa chempionati tarixidagi eng yosh murabbiyga aylandi. 



O'zbekiston terma jamoasining hozirgi ustozi Srechko Katanets Evro-2000 doirasidagi Sloveniya – Yugoslaviya o'yinida sloveniyaliklarga murabbiylik qilganida 36 yosh-u 333 kunlik edi.

Shunday qilib, 6 kunlik farq hammasini hal qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia