Yulian Draksler: “Real”ga qarshi o'ynashni har doim orzu qilganman”

17 dek 2013, 10:19
“Shalke” klubi yarim himoyachisi Yulian Draksler, Chempionlar ligasi 1/8 finali qur'a tashlash marosimidan mamnun bo'ldi.

“Bu o'yin biz uchun Chempionlar ligasida eng ajoyib o'yin bo'ladi. “Real”ga qarshi “Santyago Bernabeu”da o'ynashni har doim orzu qilganman.

Bizga “Real”dan kuchliroq raqib tushadi deb hech o'ylamayman, ammo biz mamnuniyat bilan sinovni qabul qilamiz. Men madridliklarga qarshi ikkala o'yinni ham intiqlik bilan kutaman”, - deya ta'kidladi Draksler.


Manba: sports.ru