"Yozyovon Lochinlari" o'rtoqlik uchrashuvida g'olib bo'ldi

Narzulla Saydullayev
9 avg 2015, 19:26
Birinchi ligada ishtirok etayotgan "Yozyovon Lochinlari" jamoasida o'zgarish yuz berdi.

Avvalgi xabarlarimizda Abdusamad Do'rmonovning jamoa bosh murabbiyligidan iste'foga chiqqanligi haqida ma'lumot bergandik. Bugun jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlangan. Hozirgacha ikkinchi liga jamoalarida faoliyat olib borgan Islom Ismoilov jamoaning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Yangi bosh murabbiy qo'l ostidagi futbolchilarni tekshirib olish maqsadida bugun ikkinchi liga vakili Marg'ilonning "SLS-Orzu" jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdilar. Yozyovondagi "Markaziy" o'yingohida bo'lib o'tgan uchrashuvda yozyovonliklar 4:2 hisobida g'alabaga erishdilar. Bu uchrashuv "Yozyovon Lochinlari" jamoasining ikkinchi bosqichga tayyorgarlik vazifasini o'tab berdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia