Yozda faoliyatini yakunlaydigan Toni Kroos rejalari haqida gapirdi

Khoja
28 may 2024, 08:34
Real Madrid yarim himoyachisi Toni Kroos faoliyatini yakunlaganidan so'ng nimalar qilishini ma'lum qildi.

Kelajakdagi rejalar?

- Uyda bolalarim bilan vaqt o'tkazaman. Shuningdek, meni futbol akademiyam bor, u yerda yosh avlodga futboldan saboq bermoqchiman. Yana Germaniyada mini ligam ham bor. Zerikishga vaqt yo'q.

Eslatib o'tamiz, 34 yoshli futbolchi ushbu oyda yozda faoliyatini yakunlashini e'lon qildi. U so'nggi 10 mavsum davomida Real Madrid safida harakat qildi. U madridliklar safida jami 22 ta sovringa ega chiqdi. Uning Qirollik klubi safidagi so'nggi uchrashuvi 1 iyun kuni ECHL finalida bo'lib o'tishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com