

Kataloniyaliklar to'rt qismdan iborat rejalarini ishlab chiqishgan.
1. Bosh murabbiylik lavozimiga “Atletik” ustozi Ernesto Valverdeni taklif etish.
2. Tarkibga bir qator yulduz futbolchilarni jalb etish. “Liverpul” a'zosi Koutino bilan muzokaralar davom etmoqda. Shuningdek, ushbu ruyxatda Marko Veratti (“PSJ”) va Ektor Belerin (“Arsenal”) ham joy olgan.
3. Yana o'z tarbiyalanuvchilariga e'tibor qaratish. 12 million evroga “Everton”dan Jerar Deulofeu sotib olinadi.
4. Bir qator futbolchilar bilan xayrlashiladi. Jeremi Mate, Arda Turan va Xaver Maskerano shular jumlasidan.



