O'ZBEKISTONLIK MAESTRO CHORAK FINALDA O'YNASHGA ULGURGAN
Umuman olganda O'zbekiston minimum vazifani bajarib bo'ldi. So'nggi 10 yillikdagi uchinchi mundialda MDH davlati o'zining ilk g'alabasini qo'lga kirtish bilan birga birinchi bor pley-offga chiqdi. Endi barchasi ruhiyatga bog'liq. Ahmadjon Musaev shogirdlari yoki mana shu natija bilan qoniqishadi yoki chorak final yo'llanmasiga ega bo'lishadi.
Guruh bosqichining so'nggi turida o'zbeklar Urugvayga yirik hisobda (0:4) yutqazib qo'yishdi, ammo bu ko'p narsani anglatmaydi. Sababi o'sha o'yinga qadar ular pley-off yo'llanmasini naqd qilib qo'yishgandi. Shu bois bo'lsa kerak oxirgi turga ruhiy jihatdan munosib tayyorlana olishmadi. O'zbekistonning Xorvatiyaga qarshi o'yinni ko'p narsani namoyish etib bergandi. "F" guruhi g'olibi aynan mana shu o'yindagina g'alaba qozona olmadi va o'yin davomida mag'lubiyatga uchrayotgandi.
FIFA rasmiy sayti bekorga Abbosbek Maxstalievga e'tibor qaratish kerakligini aytmayapti.169 santimetr bo'yga ega "Paxtakor" yarim himoyachisini maestro deb atashmoqda. Qobiliyatli pleymeyker, ikki yil oldin Meksikada bo'lib o'tgan o'smirlar o'rtasidagi U-17 jahon chempionatida o'zini ko'rsatgandi. Bu yilgi mundialda Abbosbek jamoasining to'rtta golidan uchtasida ishtirok etdi. Kichkinagina o'zbekistonlik futbolchi baland bo'yli grek himoyasiga qarshi o'yinda qanday o'ynashi qiziqarli. Ellada yurti o'g'lonlari o'zlarining akalariga o'xshab o'ynashmoqda. Kuchli, kurashuvchan, himoyadagi tartibli o'yinlari greklarning ustunligidir. Gretsiya o'yinda favorit hisoblanmoqda, ammo uning raqibi o'zining o'yini namoyish etib hali sensaciyalar limiti tugamaganini isbotlashi hech gap emas. O'zbekiston o'smirlari 2011 yil chorak finalga qadar yetib borgandi.
Andrey KUZICHEV