Yorqin Nazarov: "BAA aqlli jamoa, g'alaba qozonmaslik mundial vazifasini qiyinlashtiradi"

Iskandarov Abdulaziz
15 okt 2024, 06:01
Taniqli mutaxassis Yorqin Nazarov O'zbekiston - BAA uchrashuvidan oldin terma jamoamizning imkoniyatlari, raqib jamoa haqida fikrlarini bildirdi.


"O'zbekiston Eronga qarshi qiiyn o'tkazdi. Bugungi raqibimiz bilan forslar o'rtasida farq kattaligini inobatga olish kerak. BAA aqlli, texnik jamoa hisoblanadi. O'z maydonimizda bu jamoani yuta olmasak mundialga chiqish vazifasi qiyinlashadi. Yigitlar yuqori kayfiyatda maydonga tushishadi va biz g'alaba qozonamiz deb o'ylayman. 

Terma jamoamizda futbolchilar yaxshi saralangan. Tarkibda rotaciya qilish uchun murabbiylar qo'l ostida etarlicha futbolchilar bor. Bir necha yildan beri bitta tarkib bo'lib o'ynab kelishmoqda. O'ylaymanki, hammasi yaxshi tugaydi",- deydi Yorqin Nazarov.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia