Yo'q, shoshmang! Sala o'tirgan samolyotni tajribali parashyutchi boshqargan

Mirjalol Normatov
23 yanv 2019, 21:36
Emiliano Sala o'tirgan samolyotni Angliyaning 60 yoshli fuqarosi Deyv Ibbotson boshqargan.

"Goal" xabariga ko'ra, u injener bo'lib ishlagan. Uning hayotida bunday holatlar ko'p bora ro'y bergan bo'lsa ham uchuvchi tirik qolgan. U tajribali parashyutchi hisoblanadi. Shu boisdan futbolchi va uchuvchi xavfni sezgan holda samolyotni o'zlari tark etgan bo'lishlari va tirik qolgan bo'lishlari ham mumkin. Ammo ular ochiq dengiz ustida va quruqligi yo'q joyda bo'lishgan.

Oldinroq futbolchining vafot etgani rasman e'lon qilingandi. Ammo uning jasadi topilmagan. 

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal