Yo'q! Pogba "Barselona"ga o'tmaydi

Mirjalol Normatov
8 avg 2018, 22:57
"Barselona" "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbani sotib olmaydi.

"Sport.es" xabariga ko'ra, ispaniyaliklar bugun transferga rad javobini bergan. Chunki mankunianliklar Pogba uchun 155 mln evro so'ragan. "Barselona" Pogba uchun buncha mablag' to'lay olmasligini ma'lum qilgan. Ma'lumotlarga qaraganda, mankunianliklar futbolchini sotishni istamayotgani bois, "otning kallasi"dek narx qo'yib yuborgan.

Oldinroq "Barselona" 25 yoshli xavbek bilan shaxsiy shartnomani kelishib olganligi borasida ma'lumotlar tarqagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: sport.es