"Yaypan" dastlabki uy o'yinlarini boshqa stadionda o'tkazadi

Оқил Абдубарноев
21 mar 2026
Pro liga ishtirokchisi hisoblangan "Yaypan" klubi o'zining uy stadionida tayyorgarlik va ta'mirlash ishlari hali to'liq yakuniga etmaganligi munosabati bilan yangi mavsumdagi dastlabki uy uchrashuvlarini Qo'qon shahridagi stadionda o'tkazadi.

Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi.

Pro liganing 1-tur taqvimiga ko'ra, "Yaypan" o'zining yangi mavsumdagi dastlabki uy uchrashuvini 5 aprel kuni "Metallurg" jamoasiga qarshi o'tkazadi. 

Asosiy maydondagi barcha kamchiliklar bartaraf etilgach, jamoa yana o'z qadrdon stadionida muxlislarini qabul qilishni boshlaydi.

Ma'lumot o'rnida, dastlabki tur o'yinlari 5–7 aprel kunlari bo'lib o'tadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia