Yaya Ture jarohati sababli kamida ikkita o'yinni o'tkazib yuboradi

Aziz Tukhtamuradov
15 apr 2014, 09:11
Manchester Siti yarim himoyachisi Yaya Ture jamoasining tahminan ikkita o'yinida ishtirok eta olmaydi.

Shu tariqa, "Liverpul"ga qarshi o'yinda jarohat olgan ivuarlik futbolchi Sanderlend va Vest Bromvich jamoalariga qarshi bo'ladigan o'yinlarni o'tkazib yuboradi, deya xabar qilmoqda The Telegraph.

Futbolchining safga qaytish muddati bugungi tekshiruvlardan so'ng aniq bo'ladi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru