Yaya Ture "Stok Siti"ga qarshi uchrashuvda ishtirok etmaydi

Narzulla Saydullayev
5 dek 2015, 10:28
“Manchester Siti” klubi yarim himoyachisi Yaya Ture jarohat olganlar safiga qo'shildi va Angliya chempionati 15-turidan o'rin olgan “Stok Siti”ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi.
“Manchester Siti” safida Serxio Aguero, Vensan Kompani, Samir Nasri, Patrik Roberts va Pablo Sabaletalar jarohat olgan, ularning safiga yarim himoyachi Yaya Ture ham qo'shildi, futbolchi mushaklarini jarohatlab olgan.

Elyakim Mangala esa “Xall Siti”ga qarshi uchrashuvda mavsumdagi beshinchi sariq kartochkasini ishlab olgani uchun “Stok Siti”ga uchrashuvni o'tkazib yuboradi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: mcfc.co.uk