Yaponiyadagi ispanlar derbisida Inesta jamoasi g'olib bo'ldi

Aslanov Jasurbek
2 mar 2019, 15:30
Bugun, 2 mart kuni "Vissel Kobe" hamda "Sagan Tosu" o'rtasida Yaponiya chempionatining 2-tur uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Vissel Kobe" safida Andres Inesta, David Vilya va Lukas Podolski harakat qiladi. Mehmonlar tarkibida esa Fernando Torres maydonga tushdi. Ispaniyaliklar derbisida mezbon jamoaning qo'li baland keldi. 54-daqiqada David Vilya gol urib, o'z jamoasining g'alabasini taminladi.





O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia