Yaponiya J-ligasida muxlislarga ruxsat beriladi

Xayrulla Xoliqov
22 iyun 2020, 22:50
Yaponiya milliy chempionati 4 iyuldan restart olishi haqida rasman ma'lum qilindi.

Bu haqda J-liga rahbari Mitsuru Murai o'z intervyusida aytib o'tdi. Avvaliga chempionatni 26 iyundan davom ettirish ko'zda tutilgandi, biroq klublar tayyorgarlik uchun ko'proq muddatga ega bo'lishlari uchun 4 iyulga surildi. 

Yana bir yangilik shuki, 10 iyuldan boshlab muxlislarning stadionga kirishiga ruxsat beriladi. Faqat bu o'rinda har bir stadionda ishqibozlar soni 5000 nafardan oshmasligi shart. Bu haqda J-liga rahbari Murai shunday dedi: 

- "Biz vaziyatni to'liq nazorat qilishimiz lozim. Hukumat 10 iyuldan boshlab muxlislarni stadionga kiritishga ruxsat berdi, biroq ularning soni 5 mingdan oshmasligi kerak. Buni jiddiy nazoratga olishimizga to'g'ri keladi. Stadionga kirgan muxlislar niqobda bo'lishi shart, ular qo'llarini muntazam yuvib turishadi hamda baqirishlariga yo'l qo'yilmaydi". 

Ma'lumki, J-liganing navbatdagi mavsumi 21 fevral kuni start olgan, biroq koronavirus tufayli 26 fevralda to'xtab qolgandi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com