Yanuzay: "Gol urganimdan xursandman"

Tolibjon Qosimov
30 iyul 2013
Kecha "Manchester Yunayted" Osiyo turnesidagi so'nggi uchrashuvni Gongkongning "Kitche"ga qarshi o'tkazib, 5:2 hisobida g'alaba qozonadi. Unda "MYU" yoshlari o'zini ko'rsatdi.
Gollardan biriga mualliflik qilgan Annan Yanuzay klub rasmiy saytiga intrevyu berdi.

"Gol urganimdan mamnunman. Aleks qanotdan yaxshi kross berdi, men esa kerakli vaqtda, kerakli joyda turgandim".

"Turnir davomida yaxshi o'yin namoyish eta olganimdan xursandman va bundan keyin ham yaxshi o'yin ko'rsata olaman deb umid qilaman. Men mashg'ulotlarda qattiroq ishlashga harakat qilaman", dedi Yanuzay.

Jamoa himoyachisi Kris Smolling 18 yoshli hujumchi "Old Trafford"da katta muvoffaqiyatlarga erishishiga ishonchi komi ekanini ta'kidladi.


"Murabbiy yosh futbolchilarga imkoniyat berayotgani, bk juda yaxshi. Kecha ular o'z imkoniyatlaridan juda yaxshi foydalanishdi. Menimcha ular yangi mavsumda o'zlarini ko'rsatadilar va kelajakda katta muvoffaqiyatlarga erisha olishadi", dedi Smolling.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: manutd.com