Yangilangan FIFA reytingida Hindiston O'zbekistondan o'tadi

Narzulla Saydullayev
14 sen 2018, 11:47
Yangi haftada (20 sentyabr kuni) FIFA navbatdagi reytingni e'lon qiladi.

Ushbu reytingda Belgiya va Fransiya terma jamoalari peshqadam bo'lishadi. Ikkala jamoa hisobida 1729 ochko bo'ladi. Bu haqda Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida ma'lum qildi.

Osiyoda Eron peshqadamlikni saqlab qoladi - 33-o'rin. Keyingi o'rinlarda Avstraliya (43), Yaponiya (54), Janubiy Koreya (55), Saudiya Arabistoni (71), Suriya (74), Xitoy (76), Livan va BAA (ikkisi 77), Ummon (85), Iroq (89), Qirg'iziston (91), Hindiston (94), Qatar (95) va O'zbekiston (97) joylashadi.

Bundan kelib chiqadiki O'zbekiston terma jamoasi ikki pog'ona pastlaydi va Osiyo qitasida 15-o'ringa tushadi. Ayni paytda O'zbekiston umumiy reytingda 95-o'rinda bormoqda.

Eslatib o'tamiz, Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi sentyabr oyi boshida Suriya (1:1) va Eron (0:1) bilan o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia