Yangi Zelandiya Konfederatsiyalar Kubogi uchun e'lon qilgan tarkibda jamoasiz futbolchi ham bor

Aslanov Jasurbek
8 iyun 2017, 11:49
Yangi Zelandiya murabbiylar shtabi 17 iyundan 2 iyulgacha Rossiyada bo'lib o'tadigan Konfederatsiyalar Kubogi uchun yakuniy tarkibni e'lon qildi.

Darvozabonlar: Glen Moss (Nyukasl Djets), Stefan Marinovich (Unterxaxing), Tamati Uilyams (Valveyk).

Himoyachilar: Tommi Smit (Ipsvich Taun), Sem Brazerton (Sanderlend), Storm Ru (Sentral Kost Mariners), Mixael Boksoll (Supersport Yunayted), Kip Kolvi (San-Xose Ertkveys), Temistoklis Cimopolutos (Yannina), Endryu Dyurant, Tomas Doyl (ikkisi - Vellington Feniks), Deklan Vinne (Vankuver) Den Ingem (Brisben Roar).

Yarim himoyachilar: Kleyton Lyuis (Oklend Siti), Maykl Makglinchi, Aleks Artur Rufer (ikkisi - Vellington Feniks), Rayan Tomas (Zvolle), Bill Tuiloma (Marsel), Marko Roxas (Melburn Viktori).

Hujumchilar: Monti Mark Patterson (Ipsvich Taun), Sheyn Smelc (Borneo), Kris Vud (Lids Yunayted), Kosta Barbaruses (jamoasiz).


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com