Yangi Xavi. Artur LaLiganing 6 yillik rekordini takrorladi

Aslanov Jasurbek
8 okt 2018, 12:26
"Barselona" yarim himoyachisi Artur Ramos "Valensiya"ga qarshi bahsda (1:1) LaLiga rekordini o'rnatdi.

Futbolchi "ko'rshapalaklar"ga qarshi bahsda 142ta pas bergan. Ularning 135tasi (95%) o'z manziliga yetib borgan.

LaLiganing bitta uchrashuvida 142ta pas bergan so'nggi futbolchi "Barselona" sobiq yarim himoyachisi Xavi bo'lgan. U 2012 yilda "Levante"ga qarshi mehmondagi uchrashuvda ushbu natijaga erishgan.

Oldinroq, Artur uni yangi Xavi deb atashlaridan xursandligini bildirgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FourFourTwo