

Tarkibda legionerlar ham bor.
17 dekabr kuni tibbiy ko'rikdan o'tib qaytgan “ajdarlar” 18 dekabrdan boshlab 2020 yilgi mavsum taraddudini ko'rishmoqda.
Yig'in 28 dekabrga qadar davom etadi. Bu yig'inda jamoaning 10 nafar asosiy futbolchisi ishtirok eta olmaydi. Sababi Abduvohid Ne'matov, Mashhurjon Muhammadjonov, Dilshod Saitov, Husniddin Aliqulov, Sherzod Nasrullaev, Islom Kenjaboev, Sharof Muhitdinov, Azizjon G'aniev, Oybek Bozorov va Bobir Abdixoliqov Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi safida Dubayga uchib ketishgan.
"Nasaf" tarkibida Rossiya, Armaniston, Burkina Faso va Kot-dʼIvuarlik futbolchilar ko'rikdan o'tishmoqda. Legionerlar to'g'risida keyinchalik batafsil ma'lumot beriladi, - deb yozadi klub rasmiy sayti.





