Yangi loyiha - "O'yin kuni". Ilk mehmon: "Nasaf"

16 apr 2019, 23:00
Saytimiz ijodkorlari yangi - "O'yin kuni" nomli loyihaga qo'l urishdi.

Mazkur loyihada bir jamoaning ma'lum uchrashuvga tayyorgarlik jarayonini to'liq ko'rsatish, ichki hayoti va bir uchrashuvga qanday taraddud ko'rishi bilan atroflicha tanishtirib chiqishga harakat qilinadi. "O'yin kuni"/"Matchday" deya nomlanmish loyihaning ilk soni mehmoni sifatida Qarshining "Nasaf" jamoasi tanlandi. Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf"ning "Paxtakor"ga qarshi o'yini, uchrashuvga bo'lgan tayyorgarlik jarayonlari suratga olindi va hali hech qayerda tasviri chiqmagan jamoaning ichkaridagi "oshxonasi" haqida ham mazkur loyiha orqali ma'lum miqdorda tanishib chiqishingiz mumkin bo'ladi.

Butkul boshqacha formatdagi "O'yin kuni"/"Matchday" loyihasining dastlabki sonini e'tiboringizga havola etamiz.

Shu o'rinda yangi loyihaning ilk qahramoniga aylangan "Nasaf" jamoasi mamuriyati, ayniqsa bosh murabbiy Ro'ziqul Berdievga ijodiy guruhimiz nomidan katta minnatdorchilik bildiramiz. Tasvirga olish jarayonida imkon qadar ochiqlikni taminlagan va jamoaning ichki hayoti bilan tanishishga ruxsat bergan murabbiylar shtabiga muxlislar nomidan alohida rahmat aytamiz.

O'ylaymizki, muxlislar o'zlari uchun qiziq bo'lgan jarayon va bazi kerakli ma'lumotlar haqida mazkur loyiha orqali tanishib chiqishadi.

TAS-IX

 


TAS-IX emas



"O'yin kuni"/"Matchday" loyihasi ijodkorlari "Nasaf"ning Superliga doirasidagi "Paxtakor"ga qarshi o'yinga bo'lgan taraddudi jarayonlari vaqtida jamoa bilan birga bo'lishdi va qiziqarli holatlar aks etgan jarayonlarni o'z lentalariga tasvirga olishdi. Xullas loyihaning ilk sonini tomosha qiling va o'zingiz baho bering!

Kamchiliklar haqida xolis tanqidlar va yana nimalarga e'tibor qaratilishi, shuningdek, loyihaning kelasi sonida qaysi jamoani "O'yin kuni"da ko'rishni istashingizni izohlarda qoldirishingiz mumkin.

E'tiboringiz uchun tashakkur!

Loyiha va g'oya muallifi - Shahboz Beg'amov.

Operator - Jahongir Fayzullaev.

Montajchi - Zoir Tursunboev.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia