Yang "Everton"ga o'tadi

Sherzod Nurmatov
11 iyul 2023, 14:58
Himoyachi Eshli Yang "Everton" tarkibini to'ldiradi.

Futbolchi erkin agent sifatida "irislar" safiga o'tadi, u avvalroq "Aston Villa"da o'ynagan. 

Bugun futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tadi va yangi jamoasi bilan 1 mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 1 yillik shartnoma imzolaydi.

Oldinroq "Everton" o'z darvozaboni Pikfordni "Manchester Yunayted"ga sotishga tayyorligi ma'lum qilingan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports