

Alisher Azizov qisqa vaqt ichida "Dordoy" jamoasining yetakchisiga aylanib, klubning muvaffaqiyatiga o'z hissasini qo'shib kelayotganidan muxlislarning xabari bor.
Kuni kecha yana bir yosh o'yinchimiz Qirg'iziston klubi bilan shartnoma imzoladi. O'tgan mavsumning birinchi qismini "Lokomotiv-BFK", ikkinchi davrasini "Obod" safida o'tkazgan Shohruh Murotov "Qorabolta" klubi bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi.




