Xyuz Begovichni “Stok Siti”da olib qolmoqchi

21 okt 2013, 16:15
“Stok Siti” klubi bosh murabbiyi Mark Xyuz, ayni paytda top-klublar nazariga tushgan klubning bosniyalik darvozaboni Asmir Begovichni qanday qilib bo'lmasin jamoada olib qolish niyatida.

“Bizning jamoada Yevropaning eng yaxshi darvozabonlaridan biri to'p suradi. Kelasi yil Asmir mundial bahslariga borganida, jahonning eng yaxshi darvozabonlari qatorida ekanligini yana bir bor namoyish etadi. Men bu darvozabon bilan yana ko'p yillar birga ishlamoqchiman”, - deydi Xyuz.


Manba: soccer.ru