Xummels “Bavariya”da beshinchi raqam ostida o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
24 iyul 2016, 16:54
Himoyachi Mats Xummels “Bavariya” klubida o'ziga raqam tanlaganini ma'lum qildi.

Bu haqda klubning tvittyerdagi rasmiy sahifasi xabar berdi. Manbaning xabariga ko'ra, Xummels o'ziga beshinchi raqamni tanlagan.

Eslatib o'tamiz, Mats Xummels Germaniya milliy terma jamoasida ham beshinchi raqam ostida harakat qiladi. Futbolchi Dortmundning “Borussiya” klubida o'ynab yana “Bavariya”ga qaytdi. Uning “Bavariya” bilan kelishuvi 2021 yili yoz oyigacha belgilangan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbayern.de