Xuan Mata: "Har bir fikr haqida o'ylash, insonni aqldan ozdirishi mumkin"

Tolibjon Qosimov
24 sen 2016, 14:36
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Xuan Mata jamoaning ketma-ket mag'lubiyatlaridan keyingi etirozlarga o'z munosabatini bildirdi.
"Men ajablanmayapman. "Manchester Yunayted"ni har doim juda ko'pchilik muhokama qiladi. Bu dunyoning eng katta klublaridan biri.

Fikrlar ko'p, lekin biz yutganimizda fikrlar ko'p emas. Albatta, MYUning mag'lubiyatini ko'pchilik kutadi. Biz yutqazdik va buni qabul qilishimiz kerak. Lekin, men va jamoadoshlarim professionallarmiz. Etirozlarga ortiqcha e'tibor bermaymiz.

Biz odamlar nima deyapkani-yu, jurnalistlar nima yozayotganiga katta e'tibor qaratmaymiz. "Har bir fikr haqida o'ylash, insonni aqldan ozdirishi mumkin va futbol o'ynashni to'xtatish kerak. Eng muhimi, mashg'ulotlarda yaxshi ishlash va o'yinga maksimum darajada tayyorlanish kerak", - deydi ispan futbolchisi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: manutd.com