Xuan Mata: "Chelsi"ga doimo omad tilayman"

Aziz Tukhtamuradov
7 okt 2015, 19:40
"Manchester Yunayted" futbolchisi Xuan Mata ayni paytda inqiroz ko'chasiga kirib qolgan sobiq jamoasi "Chelsi" haqida gapirib o'tdi.

"Men u yerda ikkita mavsum o'tkazganman va yevropa miqyosidagi sovrinni qo'lga kiritganman va jamoaning ketma-ket ikki yil davomidagi eng yaxshi futbolchisi deb topilganman. Lekin, jamoaga Mourinyo kelganidan so'ng maydonga kam tusha boshladim. U bilan deyarli gaplashmas edik. Maydonga tushish imkoniyatim kam bo'lardi. Shunga qaramasdan, "Chelsi"ga omadlar tilayman va jamoada o'tkazgan vaqtim uchun klub rahbariyatidan minnatdorman", - deydi ispaniyalik futbolchi Xuan Mata.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: chelseanews.ru