Xuan Bernat: Bavariya Shaxtyorni hurmat qiladi

Bavariya himoyachisi Xuan Bernat Chempionlar ligasi doirasidagi "Shaxtyor"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Shaxtyor"da ko'plab iqtidorli futbolchilar jamlanishgan. Ularni ko'zdan qochirmasligimiz kerak. Meni o'ylashimcha, biz avvalo o'z o'yinimiz haqida bosh qotirishimiz lozim. Biz nima qilishni bilamiz. Hozircha bizda muammo yo'q. "Shaxtyor"ga hurmat bilan munosabatda bo'lamiz. Ular hurmatga loyiq jamoa. Qiziqarli to'qnashuv bo'ladi deb o'ylayman", - deydi Xuan Bernat.

Manba: sports.ru