Xojson jurnalistlarni josus deb atadi

Aslanov Jasurbek
25 mar 2015, 13:45
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roy Xojson mashg'ulotlar vaqtida uning taktik sxemasini suratga olib, ommaga tarqatgan OAVdan xafa buldi.

O'sha chizmada murabbiy Xarri Keyn va Ueyn Runini hujumchi sifatida maydonga tushirish aks etgan edi.

"Bunday josusliklar mashg'ulotlar vaqtida juda xavfli. Bu biz qiladigan ishning bir qismi. O'yindan oldin tarkib borasida bir to'xtamga kelishimiz kerak, ammo uni matbuotga tarqatish noto'g'ri" - deydi Xojson.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru