Xojson: “Suares buyuk hisoblanishi uchun o'zini JCHda ko'rsatishi kerak”

Tolibjon Qosimov
16 iyun 2014, 19:15
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi guruhdagi raqib jamoasi a'zosi Luis Suares haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Siz o'z ligangizda zo'r bo'lishingiz mumkin, lekin buyuklar safida bo'lish uchun jahon chempionatida ajoyib o'yin ko'rsatish kerak. U ajoyib futbolchi. Agar siz uni Maradona, Bekkenbauer, Pele , Kruif yoki Pirlolar bilan bir qatorga qo'ymoqchi bo'lsangiz, Suares hozirgi bosqichdanoq o'zini ko'rsatishi kerak”, – deydi murabbiy "BBC" bilan suhbatda.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com