Xosep Gvardiola: Bir yil ichida 5ta sovrin qoyilmaqom natija

Narzulla Saydullayev
22 dek 2013, 10:30
Bavariya bosh murabbiyi Xosep Gvardiola klublar o'rtasidagi Jahon chempionati finalida Raja Kasablanka ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (2:0) o'z fikrlarini bildirdi.
Bir yil ichida beshta sovrinni qo'lga kiritish – bu Bavariya uchun qoyilmaqom natija. Klub uchun xursandman, futbolchilar va muxlislarga rahmat.

Endi ikki hafta dam olamiz. G'alabalardan xursandmiz, ammo oldinga qarash kerak.

Bu musobaqada g'olib chiqish uchun eng yaxshi futbolni namoyish etish kerakligini shogirdlarim bilishardi, – deydi Gvardiola.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru