Xosep Gvardiola: Angliyaning eng kuchli klublaridan birini safarda engish ajoyib

Narzulla Saydullayev
3 okt 2013, 08:53
Bavariya bosh murabbiyi Xosep Gvardiola YCHL 2-turidan o'rin olgan Manchester Sitiga qarshi o'yindan (3:1) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
To'p bizda bo'lmagan vaqtda raqibga pressing qo'lladik. Bu esa Siti futbolchilarini uzun paslar qilishga majbur qildi.

Lam hujumga qo'shilishn boshlaganida ko'proq vaziyatlar sodir etdik.

Bizga top-klublarga qarshi o'ynash yoqadi, ayniqsa mana shunday yaxshi o'ynash! Menga Angliya yoqadi, jamoalarim bugungidek o'ynashsa bu ikki karra baxt. 

Jamoa oldin ham nimaga qodirligini namoyish etgan, bugun esa o'sha o'yinni mustahkamlashdi. Angliyaning eng kuchli klublaridan biriga qarshi safarda bunday yaxshi o'ynash ajoyib. Javob uchrashuvida ham xuddi shunday o'ynashimiz kerak.

Buning uchun mehnat qilishda davom etish kerak, – deydi Gvardiola.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru