Xosep Gvardiola: Agar Yuventus uchinchi golni urganida tamom bo'lardik

Narzulla Saydullayev
17 mar 2016, 08:50
Bavariya ustozi Xosep Gvardiola YCHL 1/8 finali doirasidagi Yuventusga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

O'tgan yilgi finalchiga qarshi o'ynab g'alaba qozondik. Italiyaning eng kuchli klubiga to'rtta gol urdik va chorak finalda o'ynaymiz. O'z shogirdlarimni tabriklayman, shu bilan birga Yuventusga ham ajoyib o'yin uchun rahmat aytaman.

Yuventus juda kuchli jamoa. Agar ular uchinchi golni urishganida. Biz tamom bo'lardik. Buning o'rniga to'p kiritdik va ustunlik biz tomonga o'tdi.

Qo'shimcha bo'limda esa maydonda bitta jamoa bor edi - Bavariya, – deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com