

Xorvatiya safida Petar Suchich (31-daqiqa) va Nikola Vlashich (83-daqiqa) gol kiritdi. Gananing yagona javob to'pini 73-daqiqada Derrik Lyukassen kiritdi.
Xorvatiya 3 ta o'yinda 2 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat bilan 6 ochko jamg'arib, 2-o'rinni band etdi. Gana terma jamoasi 1 ta g'alaba, 1 ta durang va 1 ta mag'lubiyat natijasida 4 ochko to'plab, guruhda 3-o'rinda qoldi. Shunga qaramay, afrikaliklar eng yaxshi uchinchi o'rinlar qatorida pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Xorvatiya – Gana 2:1
Gollar: Petar Suchich (31), Nikola Vlashich (83) – Derrik Lyukassen (73)
Xorvatiya: Livakovich, Stanishich, Shutalo, Pongrachich, Suchich, Modrich, Kovachich, Vlashich, Baturina, Perishich, Budimir.
Gana: Asare, Senaya, Adjeti, Lyukkassen, Mensa, Sibo, Parti, Ovusu, Ayyu, Semeno, Sulemana.



