Xordi Alba katta ehtimol bilan "Reala Sosedad"ga qarshi o'ynamaydi
Tolibjon Qosimov
21 fev 2014, 20:14
AS nashrining xabar berishicha, "Barselona"ning chap qanot himoyachisi Xordi Alba individual dastur bo'yicha shug'ullanmoqda.
Eslatib o'tamiz, futbolchi Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda sonidan jarohatlangan edi. U katta ehtimol bilan "Real Sosedad"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.