"Xorazm"ning o'tgan mavsum to'purari faoliyatini legioner sifatida davom ettiradi

Khoja
12 yanv 2026, 08:31
O'tgan mavsum "Xorazm" safida harakat qilgan hujumchisi Murodbek Bobojonov legionerga aylandi.

31 yoshli hujumchi Iroqning "Amanat Bog'dod" klubi a'zosiga aylandi. Bobojonov kuni kecha Bog'dodga yetib bordi va tibbiy ko'rikdan so'ng yangi klubi bilan shartnoma tuzdi. 

Mazkur klubda o'zbekistonlik yarim himoyachi Baxtiyor Qosimov to'p tepmoqda.

Eslatib o'tamiz, Bobojonov o'tgan mavsum Superligada 27 ta bahsda maydonga tushib, 8 ta gol urgan. U "Xorazm" jamoasining to'purari hisoblandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia