Jumladan uch bosqichli sport bayramlarining 2015 yildagisiga Xorazm viloyati mezbonlik qiladi. Ushbu munosabat bilan Xorazm viloyati markazidagi "Xorazm" stadioni endi butunlay yangidan qad rostlaydi va allaqachon amaldagi ishlar boshlab yuborildi. Bu haqida "Xorazm" klubi bosh direkori Sultonbek Nurmetov saytimizga xabar berib o'tdi.
"2015 yilning may oyigacha Xorazmda zamonaviy 15 ming o'ringa mo'ljallangan stadion qad ko'taradi va ishlar boshlab yuborildi. Ushbu stadion sport bayrami munosabati bilan butunlay qaytadan qurilayotgan bo'lsa ham "Xorazm" jamoasi stadioni bo'lib qoladi. Stadion zamonaviy bo'lib , barcha talablarga javob beradigan bo'ladi. Hozirda barcha rejalar tayyor bo'lib ishlarni boshlab oldik. Yaqinda stadion haqidagi barcha to'liq ma'lumotlarni OAV ga etkazamiz", - deya aytib o'tmoqda klub bosh direktori
Eslatib o'tamiz "Xorazm" klubi aynan mana shu "Xorazm" stadionda o'z uy uchrashuvlarini o'tkazib kelmoqda. Jamoa keyingi yilda o'z uy uchrashuvlarini qaysi stadionda o'tkazishi hali ma'lum emas.