Xorazmda o'smirlar o'rtasida O'zbekiston birinchiligi boshlandi

Narzulla Saydullayev
22 okt 2014, 10:52
Kecha Xorazm viloyatining Yangibozor tumanidagi markaziy o'yingohda 2002 yilda tug'ilgan yosh “charm to'p” ustalari orasida mamlakat birinchiligi boshlandi. Mazkur musobaqaning ochilish marosimi bayramona tarzda nishonlandi.
Tantanada viloyat va Yangibozor tumani hokimligi, viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi, viloyat futbol federatsiyasi hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. O'z navbatida Yangibozor tumani hokimi o'rinbosari Saidnazar Saidjonov, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasining viloyat bo'yicha vakili Komiljon Jumaniyozov, viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshlig'i Shokirjon Madaminovlar hukumatimiz tomonidan bolalar futbolini rivojlantirish borasida olib borilayotgan islohotlarning ijobiy samaralar berayotgani haqida so'z yuritishib, musobaqada kuch sinashayotgan yosh futbolchilarga omadlar tilashdi.



Bevosita musobaqa xususida to'xtalsak, joriy yilgi birinchilikda o'n jamoa ishtirok etmoqda. Ayni damda ular uch guruhga taqsimlanishgan:

“A” guruhi – Farg'ona, Samarqand, Toshkent viloyatlari.
“V” guruhi–Qoraqalpog'iston respublikasi, Namangan, Buxoro, Navoiy viloyatlari.
“S” guruhi – Andijon, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari.
Birinchilikning dastlabki to'rt uchrashuvida quyidagi natijalar qayd qilindi: Xorazm – Sirdaryo – 2:0, Namangan – Qoraqalpog'iston – 4:0, Buxoro – Navoiy– 0:4, Toshkent viloyati – Samarqand – 2:0.


Ikrom  XUDOYBERGANOV.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia