"Xorazm" jamoasi mashg'ulotga kirishdi

Narzulla Saydullayev
20 dek 2014, 12:15
Ma'lumki, Urganch shahrining “Xorazm” jamoasi nihoyasiga etgan birinchi liga o'yinlarida muxlislar kutgan natijani ko'rsatmadi.
Endilikda, Xorazm vohasining bosh jamoasi kelasi mavsumda yuqori ko'rsatkichga erishish maqsadida tayyorgarlik jarayonini boshlab yuborishdi.
  
Ayni damda, jamoa bosh murabbiyi Vali Sultonov boshchiligida 30 nafarga yaqin futbolchi jismoniy tayyorgarlikni maromiga etkazishayotir. Mashg'ulotlarda asosan, mahalliy futbolchilar shug'ullanishmoqda.


  
- O'quv-mashg'ulot yig'inimizni har galgidan ertaroq boshladik, - deydi jamoa darvozaboni G'ayrat O'daev. – Negaki, yangi futbol mavsumiga katta umidlar bilan qadam qo'yyapmiz. Maqsadimiz oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritib, ishqibozlarimizni quvontirishdir.


Ikrom XUDOYBERGANOV.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia