Xorazm viloyati chempioni va kubogi sohibi aniqlandi

Narzulla Saydullayev
11 noya 2014, 12:01
O'tgan yakshanba kuni Urganch olimpiya zaxiralari kolleji o'yingohida 2014 yilgi Xorazm viloyati birinchiligi va kubogining hal qiluvchi uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
Ushbu o'yinlar ma'lum sabablarga ko'ra boshqa muddatga qoldirilgandi.

Viloyat birinchiligining final bellashuvida “UrDU” va “Urganch OZK-1” jamoalari o'zaro kuch sinashishdi. Bu o'yinda “UrDU”lik talabalar 2:1 hisobida g'alaba qozonishib, viloyat chempionligini qo'lga kiritishdi.

Joriy yilgi voha kubogi egasini aniqlash uchun maydonga “Urganch OZK-2” va “Olimpiya” jamoalari tushishdi. Qiziqarli kechgan mazkur uchrashuvda kollej jamoasi vakillari “Olimpiya”chilar darvozasiga to'rtta to'p kiritishib, yirik hisobdagi g'alabani tantana qilishdi, 4:1. Buning evaziga “Urganch OZK-2” jamoasi Xorazm futboli tarixida ilk bor kubok sohibiga aylanishdi.


Ikrom XUDOYBERGANOV.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia