Xonda MYUga: "Menga taklif jo'nating"

Eldor Akmurzayev
28 sen 2019
Yaponiyalik tajribali futbolchi Keysuke Xonda o'ziga yangi jamoa izlamoqda.

 U so'nggi klubi Melburn Viktori (Avstraliya) bilan may oyida shartnomasini bekor qilgandi. Shu bois, yarim himoyachi unga taklif yuborishlarini so'rab Manchester Yunaytedga murojaat yo'llagan.

Menga taklif yuboring. Menga pul kerak emas, lekin, buyuk jamoada ajoyib futbolchilar bilan o'ynash niyatim bor, – deya twitter'dagi sahifasiga yozgan Xonda.

Eslatib o'tamiz, 33 yoshli xavbek Kambodja terma jamoasida murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/kskgroup2017