Xoland Norvegiyadagi 27 ta o'yinida 27 ta gol urdi. Rekordga oz qolmoqda

Aziz Tukhtamuradov
13 okt 2023, 09:32
Erling Xoland Norvegiya terma jamoasidagi 27-o'yinida 27-golini urdi.

U kecha Kiprga qarshi Evro-2024 saralash o'yinida dubl qayd etdi. 

Bu orqali u Norvegiya terma jamoasi to'purarlari ro'yxatida 2-o'ringa chiqib oldi. 

Bu borada rekordchi Yergen Yuve hisoblanadi. U 32 ta gol urgan.

Xolandda rekordni takrorlash uchun yana 5 ta gol qoldi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta