
Ushbu mashg'ulotda fotomuhbir sifatida ishlagan OAV xodimi Lippi musobaqada qo'llaydigan taktikani suratga olishga muvaffaq bo'ldi. Mutaxassis qo'lidagi taktik chizmani ehtiyotsizlik tufayli fotomuhbirlar tomonga burib yubordi.


Eslatib o'tamiz, JCH-2018 saralashining uchinchi bosqichida O'zbekiston terma jamoasi guruhdoshi bo'lgan Xitoy 10-15 yanvar kunlari bo'lib o'tadigan "China Cup-2017" mezboni hisoblanadi. Turnirda Xitoydan tashqari Islandiya, Xorvatiya va Chili terma jamoalari ishtirok etadi.