Xitoydagi Osiyo Kubogida 3 nafar o'zbekistonlik hakam ishtirok etadi

Aslanov Jasurbek
7 fev 2025
OFK rasmiy sayti Xitoyda o'tkaziladigan U20 Osiyo Kubogida ishlaydigan hakamlar nomini e'lon qildi.

12 fevraldan 1 martga qadar o'tkaziladigan Osiyo Kubogida 3 nafar o'zbekistonlik hakam ishlaydi.

Ular instruktor Valentin Kovalenko, bosh hakam Asker Najafaliev va yordamchi hakam Ruslan Serazetdinov.


Eslatib o'tamiz, ushbu musobaqada qatnashadigan U20 O'zbekiston terma jamoasi guruh bosqichida Eron, Indoneziya va Yamanga qarshi bahs olib boradi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: uzfhm