Xesus Navas: "Serxio Ramos - hali ham "Sevilya" muxlisi"

Aslanov Jasurbek
27 sen 2018
"Sevilya" yarim himoyachisi Xesus Navas "Real" ustidan qozonilgan g'alabadan (3:0) so'ng "Qirollik klubi" himoyachisi Serxio Ramos bilan munosabatlari haqida gapirib berdi.

"Serxio Ramos - "Sevilya" muxlisi va bolaligidan shunday bo'lgan. U qo'shnim edi, hozir klubda nima bo'layotganidan xabardor, hali ham jamoa ishqibozi. Ramos bilan munosabatlarimiz juda yaxshi, bolalikdan yaqin do'st bo'lganmiz. Tez-tez qo'ng'iroqlashib, turli mavzularni muhokama qilamiz va uning jamoasiga qarshi o'ynash doimo o'zgacha" - deydi Navas.

Ramos "Sevilya" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2002-2005 yillarda ushbu klub sharafini himoya qilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Espana