

Norvegiyalik futbolchining Gollandiya klubiga ijaraga berilishi ispan grandi uchun yaxshigina foyda keltirishi mumkin: Edegor maydonga tushmagan har bir bahs uchun "Real" "Xerenven"dan 40 ming evro oladi. 18 yoshli norvegiyalik hozirgacha o'z jamoasining barcha uchrashuvlarida maydonga tushdi.
Edegor 2018 yilning yozigacha "Xerenven" sharafini ijara asosida himoya qiladi, ammo "Real" uni joriy mavsum oxirida qaytarib olishi mumkin.



